Maskanlar

THAYhududida 3 500 000 so'mdan ortiq buyurtma berganingizda chiroylistolnibepulbezatamiz.

Bankateringning o'zigaxos stol bezatishi xizmatiga quydagilar kiradi: tabiiy ranglardagi stol choyshabi yoki kraft qog’ozi, sham bilan shamdonlar, shuningdek kichik bankalarni talab qilmaydigan taomlarga buyurtma bergan xollarda misol uchun tartelkalar, kruassanlar, qandlar, kichik sirniklar va boshqalar uchun o’rnatgichlar/patnislar kiradi.

Stolingiz uchun rang yechimlarini mustaqil tanlashingiz yoki bu vazifani o’z tajribasiga asoslanib eng betakror ko’rinishni tanlaydigan dekorator-mutaxassisimizga ishonib topshirishingiz mumkin.

Bezatishning standart to’plami yo’qligi tufayli, har bir stol bezagi takrorlanmas ko’rinishga ega bo’ladi. Bankatering dekoratori mavzu, mijoz tanlagan taomlar va o’sha vaqtda dekor elementlarining mavjudligi asosida har bir tadbir uchun stol bezaklarini alohida tanlaydi.

 

STOL BEZAGI ELEMENTLARI UCHUN RANG YECHIMLARI

 

Shamdonlar, o’rnatgichlar, patnislar, savatlar va ramkalar bir hildagi ranglarda yoki aralash yechimda bo’lishi mumkin. Tanlangan rang yechimidagi bezak elementlari fotosuratda ko’rsatilganlarga mos kelmasligi mumkin.  



 

STOL CHOYSHABLARI

Bankateringda xizmat ko'rsatish uchun tabiiy matolardan tayyorlangan dekorativ g'ijimlangan stol choyshablaridan foydalaniladi. Biroq, agar bezatish uchun chiroyli stol, deraza tokchasi yoki boshqa qiziqarli sirt xizmat qilsa, biz stol choyshabidan foydalanmaslikni tavsiya etamiz. Bu uni yuvish uchun sarflanadigan qimmatbaho suvni tejaydi, bu bilan siz olamimizni biroz yaxshiroq qilasiz va kelajak avlodlar uchun muhim bo’lgan manbani sovg’a qilasiz.

Agar sizga stol choyshabi kerak bo'lmasa, iltimos, bu haqda buyurtma sharhlarida yoki menejeringizga xabar qoldiring.

 
Kraft (qo’lda to’qilgan)/ Stol choyshabi o’rnida oziq-ovqat qog’ozi Taomlar patnislar va kichik bankalarda tortiladi, ammo stol choyshabi o'rniga ular qog'ozga qo'yiladi. Qog'oz stol choyshablarimiz kabi silliq yoki sun'iy bo'lishi mumkin.


 
 

JIHOZLAR
Bankachalardagi salatlar yog'och sanchiqlar bilan taqdim etiladi. Pishiriqlar - yog'ochqoshiqlarbilan.
 


Ichimliklar uchun stakanlar
Bankateringda buyurtma qilingan barcha ichimliklar oq qog'ozdan yasalganstakanlar bilan ta’minlanadi.
 



STOLLAR
Bizning ekspress-keytering tadbirlarga stollarni yetkazib berish xizmatini taqdim etmaydi. Odatda biz xonada mavjud sirtlardan foydalanamiz (stollar, deraza tokchalari, bar peshtaxtalari, tortmalar, javonlar va boshqalar). Ba'zi hollarda biz stollarni ijaraga berishimiz mumkin, bu variantni buyurtma berganingizdan so'ng menejerdan aniqlab olishingiz kerak.

DERAZA TOKCHASIDA BEZATISHGA NAMUNALAR
Xonada stol bo'lmagan, ammo keng deraza tokchasi mavjud hollarda furshet shunday ko'rinishga ega bo’lishi mumkin.




STOL CHOYSHABISIZ BEZATISHGA NAMUNALAR




STOL CHOYSHABI BILAN BEZATISHGA NAMUNALAR