Maxfiylik siyosati

Kompaniya haqida ma’lumot

“RBMBLTAS” MChJ QK

Rekvizitlar
Yuridikmanzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t-ni, Domariq MFY, KichikXalqaYo’liko’ch., 87
Haqiqiymanzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t-ni, Domariq MFY, KichikXalqaYo’liko’ch., 87
MFO: 01095
STIR: 310 688 095
IFUT: 56100
H\R: 2021 4000 7056 7992 4001
OPERBOSH «Asia allance Bank» Toshkent sh.

To’lovshakllari

Naqdpul, plastikkartaorqali
 
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik
 
Men (bundan buyon “Mijoz”) o‘z xohishim bilan va o‘z manfaatlarim, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarim manfaatlarini ko‘zlab, quyidagi roziliklarni beraman: O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunining (02.07.2019 y. O‘RQ-547-son) 18-moddasiga muvofiq (bundan keyin “Qonun” deb yuritiladi) o‘zimning shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga (keyingi o‘rinlarda “SHM” deb yuritiladi), xususan, Qonunning 4-moddasi 1-qismi 5-bandida nazarda tutilgan harakatlarni quyidagi shartlarda bajarishga rozilik beraman:
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ushbu rozilik quyidagi shaxsga (bundan buyon matnda "Operator" deb yuritiladi) beriladi:Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat shaklidagi «RBMBL TAS» qo‘shma korxonasi (yuridik manzil: Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, «Damariq» MFY, Kichik Xalqa Yo‘li ko’ch, 87-uy; STIR 310 688 095; ro‘yxatga olish raqami 2234033).

Mazkur qayta ishlashga rozilik Mijozning quyidagi SHMga nisbatan beriladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; ro‘yxatdan o‘tish manzili; aloqa ma’lumotlari (electron pochta manzili, telefon raqami); tug‘ilgan sanasi. Qayta ishlashga mazkur rozilik Mijozning SHMni qayta ishlashning quyidagi usullariga nisbatan beriladi: yig‘ish, saqlash, to‘plash, tizimlashtirish, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), tarqatish, (shu jumladan uzatish), foydalanish, shaxsiylashtirish, blokirovka qilish, o‘chirish va yo‘q qilish; Mazkur rozilik Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda qayta ishlash uchun beriladi: asosiy faoliyat doirasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan, Operator tomonidan o‘tkaziladigan kampaniyalar, aksiyalar, tadbirlar to‘g‘risida Mijozni xabardor qilish; Operatorning ichki foydalanishi, statistikasi va hisoboti); to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish orqali, Operator mahsulotlari va xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan dasturlarni va Operator tomonidan boshqa marketing dasturlarini amalga oshirish orqali mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni ilgari surish. Mijoz manfaatlariga daxldor qarorlar Operator tomonidan SHMni faqat avtomatlashtirilgan holatda qayta ishlash asosida qabul qilinmaydi.

Ushbu rozilik, shuningdek, mening voyaga yetmagan bolalarimning men tomonimdan taqdim yetilgan, so‘rovnomada yoki boshqa tarzda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlariga to‘liq amal qiladi. Ushbu rozilik imzolangan kundan boshlab yozma ravishda bekor qilingan kungacha amal qiladi. Ushbu rozilik Mijoz tomonidan Operatorga yozma ravishda mijozning SHMni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish to‘g‘risida xabar yuborish orqali bekor qilinishi mumkin.

Mijoz, shuningdek, Operator kontragentlariga mijozning barcha shaxsiy ma’lumotlarini Operator va/yoki Operatorning kontragentlari uchun mavjud bo‘lgan, shu jumladan kontragentlarning xizmatlari haqida xabardor qilish maqsadida qaytaishlashga rozilik beradi. Mijoz Operator, uning kontragentlari va affilirlangan shaxslardan reklama, pochta jo‘natmalarini, shu jumladan mobil radio telefon tarmog‘i orqali olishga rozi bo‘ladi. Operator shu bilan mijozga Operator mijozning SHMni qayta ishlashni boshlaganligi haqida xabar beradi. SHMni qayta ishlash Operator tomonidan Mijozning yuqorida ko‘rsatilgan SHMni qayta ishlashga roziligi asosida va yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi. Ushbu bildirishnomani imzolashda Mijoz subyektga Qonun bilan berilgan (lekin cheklanmagan) huquqlari: xususan, Qonunning 22-moddasi 1- qismiga muvofiq ma’lumotlarni olishga; uning SHMni olishga;  SHM subyektining huquqlari to‘g‘risidagi Qonunning 12-moddasi 4- qismiga muvofiq Operator xodimlari, shuningdek, SHMni qayta ishlash bilan bog‘liq uchinchi shaxslar tomonidan SHMdan foydalanish faqat ularning kasbiy, rasmiy yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak; Operatorning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish.